platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida 1 iyuldan ichimlik suvi narxi qimmatlaydi

"Toshkent viloyati suv taʼminoti" tomonidan aholiga yetkaziladigan ichimlik suvi narxi 1 metr kub uchun 2912 soʻmga yetadi.

Toshkent viloyatida 1 iyuldan ichimlik suvi narxi qimmatlaydi

Toshkent viloyatida 2025 yil 1 iyuldan boshlab ichimlik suvi va oqova suvi narxlari oshadi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashi qarorida maʼlum qilingan.

"Toshkent viloyati suv taʼminoti" tomonidan aholiga yetkaziladigan ichimlik suvi narxi 1 metr kub uchun 2912 soʻmga yetadi (QQS bilan). Ayni damda bu qiymat 2240 soʻmni tashkil etadi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun bu narx 10080 soʻmdan 16800 soʻmga yetadi.

Oqova suv xizmatlari narxi aholi uchun 1120 soʻmdan 1456 soʻmga yetadi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun narx 2240 soʻmdan 3360 soʻmga yetadi.

Chimyon-Chorbogʻ suv taʼminoti AJda narx aholi uchun 1232 soʻmdan 1680 soʻmga koʻtariladi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun narx 5712 soʻmgacha koʻtariladi.

Avvalroq Surxondaryo viloyatida suv narxi koʻtarilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid