platina.uz
Jamiyat

Talabalarni birlashtirgan mega-loyiha

Talabalar festivali yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy, intellektual va jamoaviy faolligini ragʻbatlantirish va boshqa maqsadlarda tashkil etildi. 

Talabalarni birlashtirgan mega-loyiha

Salkam bir oy davomida Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Oʻzmilliybank” AJ hamkorligida “Talabalar festivali” boʻlib oʻtdi.

Festival yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy, intellektual va jamoaviy faolligini ragʻbatlantirish, madaniy va ilmiy almashinuvni qoʻllab-quvvatlash, ilm-fan va innovatsiyalarni ommalashtirish, shuningdek, yoshlarda liderlik hamda tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida oʻtkazildi.

Festival doirasida bir qator yirik loyiha va tanlovlar tashkil etildi. Masalan, “Talabalar festivali”da respublika boʻyicha jami 1,5 mln nafar maktab bitiruvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qamrab olindi.

“Kontent72” ijtimoiy videoroliklar tanlovi, “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari”, “Qalqon” jamoatchilik guruhi oʻquv yigʻini, barcha hududlarda va respublika miqyosida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovlari, “Zakovat” intellektual oʻyinlari, “Quvnoqlar va zukkolar” festivallari oʻtkazilib, ularda jami 600 ming nafar talaba yoshlar qatnashdi.

Shuningdek, talabalar uchun “BMT modeli” loyihasi, “Ibrat” debat turniri, “Yurtim qadriyatlari” tanlovi, talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy konferensiyasida 100 mingdan ortiq, jami 700 mingdan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Festival doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Oʻzmilliybank” AJ, AT “Aloqabank”, Savdo sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida 21-23 may kunlari “Talaba Expo – 2025” koʻrgazmasi tashkil etildi.

Koʻrgazmada “Talaba – kelajak” mavzusida davlat organlari rahbarlari va nufuzli mehmonlar ishtirokida oʻtkazilgan ochiq muloqotda talabalar mavjud ish oʻrinlari, kredit dasturlari va oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Bundan tashqari, 3 kun kun davomida 700 ta xususiy kompaniyalar va davlat idoralarining boʻsh ish oʻrinlari va zamonaviy kasblar koʻrgazmasi, biznes loyihalar portfellari boʻyicha mahorat darslari, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida muvaffaqiyatli bitiruvchilar bilan muloqotlar oʻtkazildi. Buning natijasida 53 ming nafarga yaqin bitiruvchi yoshlar qamrab olindi, shuningdek, 4967 nafar talaba boʻsh ish oʻrinlariga yoʻnaltirildi, 924 nafar talabaning biznes loyihalari koʻrib chiqilib, kredit ajratiladigan boʻldi.

“Abituriyentlar kuni” doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika va Inha universitetlari, Toshkent davlat tibbiyot universitetlarining taniqli bitiruvchilari va ularning muvaffaqiyatlari yuzasidan rektorlarning taqdimotlari oʻtkazilib, 3000 abituriyent qamrab olindi.

Qolaversa, “Talabalar kuni” doirasida 50 nafar iqtidorli startapchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “TalabaStartUp Pitch” tanlovi, 150 nafar iqtidorli yoshlar ishtirokida “TalabaTalant” kreativ shousi, 400 nafar faol talaba yoshlar ishtirokida motivatsion uchrashuv oʻtkazildi.

“Talabalar festivali”ning yakunida Toshkent shahrida 20 ming nafar, barcha hududlarda 600 ming nafar maktab bitiruvchilari, abituriyentlar hamda talabalar ishtirokida gala-konsert dasturlari tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid