platina.uz
Jamiyat

"Rakat" masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi

U Haj-2025 mavsumida guruh rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan boʻlgan. 

"Rakat" masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi

Toshkent shahridagi "Rakat" jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul domla Muhammadiyev vafot etdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.

Rabbimqul domla 1997 yildan buyon imom-xatib lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Bu yillar davomida Toshkent shahridagi “Oq tunukali”, “Ibrohim ota”, “Imom Termiziy” hamda “Rakat” jome masjidlarida xizmat olib borgan.

Ayni kunlarda Haj-2025 mavsumida guruh rahbari sifatida safarbar etilgan edilar.

Maʼlumot oʻrnida, 2025 yil 23 may kuni Rabbimqul domla Muhammadiyev “Toshkent-Madina” yoʻnalishida poytaxtning 38-guruh ziyoratchilari guruh rahbari sifatida yoʻlga chiqqan edi.

Shu kuni, safarga chiqishlari bilan domla parvoz davomida uyquga ketgan va shu holatda uygʻonmagan. Bemor Madina xalqaro aeroporti shifokorlari tomonidan koʻrilganda ahvoli oʻta ogʻir, behush, savollarga javob bermagan. Shundan soʻng Madina shahridagi "Muovasat" klinikasiga joylashtirilgan. Shifokorlar tomonidan bosh miya qon aylanishi oʻtkir buzilishi, miya oʻzagi strukturalari oʻzgarishlari, bosh miya shishishi tashxisi qoʻyilgan.

Malakali shifokorlar tomonidan ogʻir holatdagi bemor neyroxirurg koʻrigidan soʻng bosh miya shishini kamaytirish maqsadida 2025 yil 24 may kuni operatsiya oʻtkazildi.

Shundan keyin ham bemorning ahvoli ogʻirligicha saqlanib, 2025 yil 26 may kuni erta tongda vafot etdi.

Bugun, peshin namozidan keyin Madinai Munavvaradagi Masjidu Nabaviyda janoza namozi oʻqilishi va "Baqiʼ" qabristoniga dafn etilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid