platina.uz
Jamiyat

Qayta sugʻurta tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi

2026 yil 1 yanvardan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash boʻyicha masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

Qayta sugʻurta tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi

“Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-190-son, 23.05.2025 y.) qabul qilindi.

2026 yil 1 yanvardan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash boʻyicha masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi joriy etiladi. Bunda:

- tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi;

- majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ogohlantirish beriladi;

- 2-marta ogohlantirish berilgandan soʻng qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda belgilangan miqdorlarda jarima qoʻllanadi;

- jarima qoʻllanilgan tadbirkorlarga 1 yil davomida QQS summasining oʻrni qoplanmaydi.

2025 yil 1 sentabrdan farmatsevtika faoliyati hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati boʻyicha yangidan tashkil etilgan subʼektlarga litsenziya berishda quyidagi qoʻshimcha shartlar kiritiladi:

- faoliyatini amalga oshirish uchun koʻchmas mulk boʻyicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi;

- dori vositalarini realizatsiya qilishda xaridorlardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha elektron toʻlov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi.

Mamlakatimizda qayta sugʻurta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-191-son, 23.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, qayta sugʻurta tizimini 2025 yilda yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

- milliy qayta sugʻurta bozori hajmini 4 trln soʻmga yetkazish;

- qayta sugʻurta xizmatlari eksportini kamida 30 foizga oshirish;

- xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qayta sugʻurta sohasiga jalb qilinadigan investitsiyalar hajmini 150,0 mlrd soʻmgacha oshirish.

Qarorga koʻra, “O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi” milliy qayta sugʻurta tashkiloti (Kompaniya) tashkil etiladi va uning faoliyati asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta sugʻurta qilish turlarini amalga oshirish;

- xorijiy va mahalliy investorlarning respublika iqtisodiyotiga kiritadigan toʻgʻridan-toʻgʻri va portfel investitsiyalarining hamda investitsiya loyihalari boʻyicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sugʻurta himoyasini taʼminlash.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid