Italiya bosh vaziri 28-29 may kunlari Oʻzbekistonga keladi
Tashrif Rim papasi oʻlimi sabab qoldirilgandi.

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 28−29 may kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Italiya hukumati saytida xabar berildi.
Tashrif bir oy oldin amalga oshirilishi kerak edi, ammo u Rim papasi Fransiskning oʻlimi tufayli qoldirilgandi.
Italiya bosh vaziri aprel oyida Markaziy Osiyoga kelishi, Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyurishi kerak edi.
Shuningdek, birinchi Markaziy Osiyo-Italiya sammiti ham bekor qilingandi.