platina.uz
Jamiyat

Ichki ishlar organlariga ishga kiritmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

Ular orasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi operatori, Milliy gvardiya xodimi bor. 

Ichki ishlar organlariga ishga kiritmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan “uddaburonlar” qoʻlga tushdi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oddiy aloqa operatori lavozimida ishlab kelgan, 1992 yil Urganch shahrida tugʻilgan shaxs Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni oʻzining mansabdor yaqin tanishlari orqali ichki ishlar organlariga moʻmay pul evaziga oson ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qiladi.

Qolaversa, bu shaxs lavozimlarning mavqei va mansabiga qarab oʻzicha narx ham belgilab, oddiy askarlar tarkibidagi lavozimlarga kiritib qoʻyish uchun 1500 AQSh dollari, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish uchun esa 2000 AQSh dollari talab qilgan.

DXX Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda “uddaburon” adliya xodimi vositachi orqali 1900 AQSh dollari va 1 mln. 295 ming soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan boshqa bir tezkor tadbirda esa Milliy Gvardiyaning Qoʻriqlash boshqarmasi Qarshi shahar boʻlimi xodimi Koson tumanida yashovchi bir fuqaroni oʻzining mansabdor tanishlari orqali viloyat IIBga ishga kiritib qoʻyish evaziga 2000 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid