Arxeolog olim Zafar Hakimov vafot etdi
U “Moziydan sado” jurnalining bosh muharriri hamda Madaniy meros agentligi huzuridagi kengash aʼzosi edi.

Arxeolog olim Zafar Hakimov vafot etdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
"Yirik davlat va jamoat arbobi, arxeolog olim Hakimov Zafar Abdullayevichning vafot sabab hamdardlik bildiramiz", deyiladi xabarda.
Zafar Hakimov 83 yoshda edi. Soʻnggi yillarda u “Moziydan sado” jurnalining bosh muharriri hamda Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert Kengashining aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.