Sud Tramp maʼmuriyatining Harvard boʻyicha taqiqini bekor qildi
AQSh hukumati universitetga xorijlik talabalar qabul qilishni taqiqlab qoʻygandi.

AQSh federal sudi prezident Donald Tramp maʼmuriyatining Harvard universitetiga xalqaro talabalarni qabul qilishni toʻxtatish boʻyicha qarorini toʻxtatdi.
22 may kuni Oq uy universitetning almashinuv dasturi akkreditatsiyasini bekor qildi, bundan tashqari 2,6 milliard dollar mablagʻni muzlatib qoʻydi va kelajakdagi grantlarni toʻxtatdi.
"Hukumat bir qalam bilan Harvard talabalar jamoasining chorak qismini, universitet va uning missiyasiga katta hissa qoʻshayotgan xalqaro talabalarni oʻchirishga harakat qildi. Xalqaro talabalarsiz Harvard Harvard emas", deyiladi universtitet daʼvosida (Accosiated Press iqtibosi).
Harvard har yili 6800 ga yaqin xalqaro talabalarni Kembrij kampusiga qabul qiladi. Ularning aksariyati aspiranturada tahsil olmoqda.
22 may kuni AQSh ichki xavfsizlik departamenti Harvard litsenziyasini bekor qildi. Prezident maʼmuriyati universitet talabalar shaharchasida xavfli muhit yaratayotganini iddao qildi.
Departamentning qoʻshimcha qilishicha, Harvard “zoʻravonlik, antisemitizmni ragʻbatlantirish va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan muvofiqlashtirish dasturi” bilan shugʻullanadi.