platina.uz
Jamiyat

Soliq qoʻmitasining ikki xodimi qamoqqa olindi

Ular moddiy manfaatdorlik evaziga “Barqarorlik reytingi” dasturidagi maʼlumotlarni soxtalashtirishgan. 

Soliq qoʻmitasining ikki xodimi qamoqqa olindi

Soliq idoralari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borildi.

Tadbirlar doirasida soliq idoralarining ayrim mansabdor shaxslari moddiy manfaatdorlik evaziga “Barqarorlik reytingi” dasturidagi maʼlumotlarni soxtalashtirish orqali 18 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga baholarni sunʼiy ravishda qoʻshish hamda xavf darajasini olib tashlashlari oqibatida jami 82 mlrd soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻining manfiy summasi byudjetdan noqonuniy qaytarilganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jumladan, ushbu jinoyat ishi doirasida yogʻoch importi bilan shugʻullanuvchi MChJ hisobiga 5,5 mlrd soʻm QQSning manfiy summasi byudjetdan noqonuniy qaytarilganligi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2 nafar xodimi, shuningdek, MChJ direktori va hisobchisi hamda 2 nafar norasmiy rahbari gumonlanuvchi tariqasida tergovga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Mazkur shaxslarga tegishli boʻlgan jami 16 ta obʼektda oʻtkazilgan tintuv-tergov harakatlari davomida 79 ming AQSh dollari, 161 mln soʻm, 3 ta LI 9 elektromobil, 2 ta “Gentra”, 1 ta “Nexia 3” avtomashinasi, 1268 blokda “TEREA” nomli elektron sigaret tayoqchalari, 27 ta elektron kalitlar, shuningdek, muhr, kompyuter va telefon apparatlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Jinoyat ishi doirasida qolgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan noqonuniy oʻzlashtirilgan byudjet mablagʻlari boʻyicha ham tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid