Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi yaxshilandi
“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi kredit reyting prognozini “barqaror” darajadan “ijobiy” darajaga koʻtardi.

Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi yaxshilandi.
“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror” darajadan “ijobiy” darajaga yaxshiladi.
Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva yozdi.
"Bunday baho jahon moliya hamjamiyatining Oʻzbekistonda Prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga boʻlgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi hamda tanlangan yoʻl toʻgʻriligini koʻrsatadi.
Davlatimiz rahbarining saʼy-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uchun yanada jozibador boʻldi, bu esa iqtisodiy oʻsishga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxshilanishiga bevosita taʼsir koʻrsatmoqda.
Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish boʻyicha ishchi guruh rahbari sifatida men har qanday natijani nafaqat saqlab qolish, balki yanada yaxshilash zarur ekanini chuqur his qilaman. Shu maʼnoda, barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi va kompleks yondashuvini talab qiladigan katta ishlar hali oldinda", deya taʼkidladi Mirziyoyeva.