Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi
Oʻktam Toʻrayev boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi.
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Toʻrayev Oʻktam Ismoilovich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Termiz shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat rahbari taklif etgan nomzod – Lolayev Sharofiddin Usanovich deputatlar tomonidan Termiz shahri hokimi etib tasdiqladi.
Sharofiddin Lolayev 1987 yilda Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2015 yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021 yilda magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boʻlim boshligʻi, bosh inspektori, birinchi oʻrinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining oʻrinbosari kabi masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Muzrabot tumaniga hokim tayinlangandi.