Tavqi laʼnatdan qutulgan “Tottenxem” – 3-taym, 2-son
Necha zamon va necha murabbiylardan keyin London jamoasi kimsan “Manchester Yunayted”ni yutgan holda nihoyat tarixiy gʻalabaga erishdi.

21 may kuni Ispaniyaning Bilbao shahridagi “San Mames” stadionida unutilmas voqea sodir boʻldi. Londonning “Tottenxem Xotspur” jamoasi bilan “Manchester Yunayted” oʻyinchilari finalda uchrashdi.
Toʻgʻri, bu yerda sanʼat asari darajasidagi paslar, Roberto Karlosga xos zarbalar yoki Messi-Ronaldu toʻqnashuvlari boʻlib oʻtgani yoʻq. Biroq ulardan ham noyobroq va tarixiyroq hodisa yuz berdi: “Tottenxem” klubi naqd 41 yil deganda tavqi laʼnatdan qutulib, Yevropa ligasining chempioniga aylandi!
Oʻyin va boshqa tarixiy faktlar haqida batafsil yuqoridagi videoda tanishing.