Nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻolib chiqqanlar uchun mukofot miqdori 5 baravar oshirildi
Ushbu olimpiadalarda yutgan gʻolib BHMning 2500 baravari miqdorida pul oladi.

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib va sovrindor boʻlganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilingan.
Unga koʻra, nufuzli olimpiadada yutgan gʻolib BHMning 2500 baravari miqdorida pul oladi. Oʻqituvchilarga esa BHMning 450 baravari miqdorida pul beriladi. 2-oʻrinni olganlarga 1500, 3-oʻrinni olganlarga esa 1000 baravar miqdorida pul beriladi.

Xalqaro olimpiadada gʻolibga BHMning 150 baravari, oddiy mintaqaviy olimpiadada esa 12 baravar miqdorida pul beriladi.
Olimpiadalar nufuzi boʻyicha roʻyxat Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.