platina.uz
Jamiyat

"Boburnoma" badiiy filmi uchun 2 mlrd soʻm ajratiladi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi maʼmuriy bino-inshootlarini rekonstruksiya qilishga 1 mlrd soʻm beriladi. 

"Boburnoma" badiiy filmi uchun 2 mlrd soʻm ajratiladi

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori bilan mahalliy byudjetning 1-choragi orttirib bajarilgan qismidan pul ajratiladi.

Pul miqdori jami 8 mlrd 577 million soʻmni tashkil etadi.

Jumladan:

1. “Bolalar shaharchasi” bino inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlariga sport maydoncha qurish uchun 1,0 (bir) million soʻm;

- Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi maʼmuriy bino-inshootlarini rekonstruksiya qilishga 1,0 (bir) milliard soʻm;

2.Viloyat hokimligi ishlar boshqarmasiga:

- viloyat hokimligi “Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi orqali viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUKga Qoʻrgʻontepa tumani 9228-harbiy qism boshqarmasi hududida 120-xonadonli koʻp qavatli turar-joy binosi qurilish ishlari uchun 1,0 (bir) milliard soʻm;

- Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bagʻishlangan tarixiy “Boburnoma”badiiy filmini suratga olish xarajatlariga 2,0 (ikki) milliard soʻm;

- Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 700,0 (yetti yuz) million soʻm;

3.Shaharlar va tumanlar mahalliy byudjetlariga hamda tegishli tashkilotlarga;

- viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan viloyat tadbirini oʻtkazish xarajatlariga 316,0 (uch yuz oʻn olti million soʻm;

- viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga 7-17 yoshli maktab oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati musobaqalarini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbir xarajatlariga 190,0 (bir yuz toʻqson) million soʻm;

- Andijon tuman mahalliy byudjetiga ehtiyojmand aholi xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatish ishlariga 200,0 (ikki yuz) million soʻm;

- Andijon shahar mahalliy byudjetiga shahar markaziy koʻchalariga veloyoʻlakchalar barpo etish hamda piyodalar yoʻlaklarini obodonlashtirish uchun maxsus boʻyoq sotib olish xarajatlariga 800,0 (sakkiz yuz) million soʻm hamda shahar markaziy koʻchalari A.Navoiy shoh koʻchasiga katarantus gul koʻchati uchun 868.0 (sakkiz yuz olmish sakkiz) million soʻm, mavsumiy va manzarali gullar uchun 500 (besh yuz) million soʻm; umumiy jami 8577,0 (sakkiz milliard besh yuz yetmish yetti) million soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid