platina.uz
Jamiyat

Abdulla Mamatqulov Muzrabot tumani hokimi etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u "Surxondaryo suv taʼminoti" AJ direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Abdulla Mamatqulov Muzrabot tumani hokimi etib tayinlandi

Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya davomida, shu vaqtga qadar Muzrabot tumani hokimi vazifasini bajarib kelgan Alisher Qurbonov lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi. Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov ushbu lavozimga Mamatqulov Abdulla Abdimoʻminovich nomzodini taklif etdi. Taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

Abdulla Mamatqulov 1985 yilda Oltinsoy tumanida tugʻilgan. 2011 yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini mexanik-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida “Surxondaryo suv taʼminoti” MChJ direktorining oʻrinbosari, Bandixon tumani hokimining oʻrinbosari, “Surxondaryosuvqurilishinvest” DUK direktori kabi masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar “Surxondaryo suv taʼminoti” AJ direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid