platina.uz
Iqtisod

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining tasniflash kodlari tasdiqlanmoqda

Hujjat kodlarni Jahon bojxona tashkiloti va Jahon savdo tashkilotining qoidalari asosida yuritish maqsadida qabul qilingan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining tasniflash kodlari tasdiqlanmoqda

Prezident tomonidan 14.05.2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PQ-181-son Qaror imzolandi.

Hujjat bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasniflash kodlari roʻyxati tasdiqlanmoqda (shu yerda tanishish mumkin).

U kodlarni Jahon bojxona tashkiloti va Jahon savdo tashkilotining qoidalari asosida yuritish maqsadida qabul qilingan.

Shu bilan import bojxona bojlari va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirishga xizmat qilish kutilmoqda.

Kodlar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan roʻyxati boʻlib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, oʻlchov birliklarini hamda izohlarni oʻz ichiga oladi,

Shuningdek, Import bojxona stavkalari yangilanmoqda (shu yerda tanishish mumkin).

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 20.05.2025 yildan kuchga kirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid