platina.uz
Jamiyat

Soliq inspektori va sud-ekspertiza markazi xodimiga nisbatan jinoiy ish ochildi

Inspektor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJning soliq qarzdorligini undirmasdan, uni bankrotlik asosida tugatib berish evaziga pul olayotgan boʻlgan. 

Soliq inspektori va sud-ekspertiza markazi xodimiga nisbatan jinoiy ish ochildi
Foto: Xavfsizlik.

Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud-ekspertiza markazi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Xorazm viloyati Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari shoʻʼbasi davlat soliq inspektori trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJning soliq qarzdorligini undirmasdan, uni bankrotlik asosida tugatib berish evaziga oʻzining yaqin aloqasi orqali 900 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda soliq inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Yakkabogʻ tumanida yashovchi, 1985 y.t., muqaddam sudlangan shaxs chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik tomonidan suv taʼminotiga noqonuniy ulanib, foydalanganligi holati boʻyicha aniqlangan 99 mln. soʻmlik zararni tegishli tashkilot ekspertlari orqali yoʻq qilib berish evaziga, fermer xoʻjalikning ish boshqaruvchisidan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyat boʻlinmasi eksperti ushbu 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda fuqaro va ekspertga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid