platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston yetakchisi Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar oʻtkazadi, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazadi, qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga keldi.

Samolyot oldida davlat rahbarini Bosh vazir oʻrinbosari - tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga tashrif buyurdi

Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar oʻtkazadi, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazadi, qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga tashrif buyurdi

Oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xoʻjaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi boʻyicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid