Oʻzbekiston va Sloveniya oʻrtasida qoʻshma bayonot imzolandi
Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisida, taʼlim, fan, turizm boʻyicha bitim tuzildi.

Lyublyana shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri Robert Golob Qoʻshma bayonot imzoladilar.
Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi. Bular:
- diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisida;
- taʼlim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;
- transport va logistika sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
- "aqlli" shaharlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
- standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
- suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
- turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar.