Oʻzbekiston boʻylab bir necha OTMlarga rektorlar tayinlandi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri sifatida ishlagan Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universitetini boshqaradi.

Oʻzbekiston boʻylab bir necha OTMlarga rektorlar tayinlandi.
Jumladan, Sherzod Neʼmatov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori edi.
Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan.
Dilnoza Xoʻjayeva Qoʻqon davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.
Bahrom Toʻlaganov Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan.
Rasul Nortojiyevich Toʻrayev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori etib tayinlandi.
Rasul Toʻrayev tayinlovga qadar Termiz davlat universitetining Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.