platina.uz
Jahon

Erdoʻgʻon yana prezidentlikka nomzodini qoʻymasligini aytdi, biroq...

Turkiya rahbari mamlakatga yangi Konstitutsiya kerakligini aytmoqda. 

Erdoʻgʻon yana prezidentlikka nomzodini qoʻymasligini aytdi, biroq...

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon prezidentlikka yana oʻz nomzodini qoʻyish niyati yoʻqligini, biroq mamlakatga yangi konstitutsiya kerakligini aytdi.

Bu haqda u Vengriyadan qaytgach, jurnalistlar bilan suhbatda maʼlum qilgan.

"Men qayta saylanmoqchi yoki nomzodimni qoʻymoqchi emasman. Biz faqat mamlakatimiz obroʻsini qanday koʻtarishimiz mumkinligi haqida qaygʻuramiz. Turkiya oʻzgarmoqda, dunyo oʻzgarmoqda. Biz yangi davrda yashayapmiz. Shunday tez oʻzgarayotgan dunyoda eski Turkiyada davlat toʻntarishi sharoitida yaratilgan konstitutsiya bilan biror narsaga erishish mumkinmi?

Toʻntarish tashabbuskorlari taklif qilgan konstitutsiya endi bizga fitnachilar tomonidan emas, balki fuqarolar tomonidan taklif qilingan konstitutsiyaga muhtoj”, - deya Erdoʻgʻonning soʻzlarini keltirgan Anadolu agentligi.

Eslatib oʻtamiz, 71 yashar Erdoʻgʻon 2014 yildan beri Turkiyani boshqarib keladi. U 2023 yildagi saylovning ikkinchi turida Kemal Qilichdoroʻgʻlini yengib, uchinchi martaga saylangandi.

Shu yil fevralida esa muxolifatchi Akram Imomoʻgʻli ushlandi. U Erdoʻgʻonga asosiy raqib sifatida koʻrilayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid