platina.uz
Jamiyat

Toshkentda Yandex Go tomonidan puli asossiz ravishda yechib olingan fuqaroga kompensatsiya toʻlandi

Samarqandda esa avtobus haydovchisining yoʻlovchiga nisbatan qoʻpol muomalasi va yoʻlkirani ikki marotaba toʻlatishi holati aniqlanib, unga qatʼiy ogohlantirish berilgan.

Toshkentda Yandex Go tomonidan puli asossiz ravishda yechib olingan fuqaroga kompensatsiya toʻlandi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan jamoat transporti, taksi xizmatlari hamda yangi avtomobillarda kuzatilayotgan muammolar hal qilindi.

Soʻnggi vaqtlarda yoʻlkira narxlarining asossiz oshirilishi, onlayn toʻlovlardagi noaniqliklar hamda yangi avtomobillarda aniqlangan texnik nosozliklar yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar Raqobat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilmoqda.

Tegishli qonuniy asosda olib borilgan tahlillar va nazorat tadbirlari natijasida quyidagi holatlar yuzasidan ijobiy yechimlarga erishildi:

Andijon viloyati – Asaka-Qoratepa yoʻnalishida transport yoʻlkira narxi sunʼiy ravishda oshirilganligi boʻyicha murojaat asosida oʻrganishlar oʻtkazilib, holat bartaraf etildi.

Samarqand viloyati – Avtobus haydovchisining yoʻlovchiga nisbatan qoʻpol muomalasi va yoʻlkirani ikki marotaba toʻlatishi holati aniqlanib, haydovchiga qatʼiy ogohlantirish berildi.

Jizzax viloyati – “CHERRY Tiggo 7 Pro” avtomashinasida aniqlangan texnik nosozlik yuzasidan murojaat asosida, kafolat doirasida taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Buxoro viloyati – Kogon shahridagi 105 va 114-yoʻnalishli taksilar tomonidan yoʻlkira haqi asossiz oshirilgani aniqlanib, masʼul tashkilotga nisbatan ish koʻrildi.

Qashqadaryo viloyati – Yandex taksi xizmati orqali fuqaroning plastik kartasidan asossiz mablagʻ yechib olinganligi aniqlanib, mablagʻ toʻliq qaytarildi.

Toshkent shahri – YandexGo xizmati orqali asossiz qarzdorlik hisoblangan va ortiqcha mablagʻ yechib olingan fuqaroga kompensatsiya qaytarilib, qarzdorlik bekor qilindi.

Eslatib oʻtamiz, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, har bir fuqaro haq-huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid