platina.uz
Jamiyat

Toshkentda YTHlarning oldini olish uchun mablagʻ ajratiladi

Pullar koʻchalar boʻylab temir panjaralar oʻrnatish va piyodalar oʻtish joylari uchun sarflanadi. 

Toshkentda YTHlarning oldini olish uchun mablagʻ ajratiladi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov 2025 yil 20 may kuni mablagʻ ajratish boʻyicha qaror imzoladi.

Unga koʻra, shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish uchun tasdiqlangan manzilli roʻyxatga asosan, tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga 2 044,0 mln (ikki milliard qirq toʻrt million) soʻm mablagʻni ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.

Jumladan, YTHlarning oldini olish uchun koʻcha va yoʻllar boʻylab temir panjara oʻrnatish uchun 1 mlrd 456 mln soʻm ajratiladi.

Shundan Olmazor tumanida 260 mln soʻm, Shayhontohur tumaniga 156 mln soʻm, Bektemir tumaniga 104 mln soʻm, Yakkasaroy tumaniga 221 mln soʻm ajratiladi. Jami 5600 metrlik panjaralar oʻrnatiladi.

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida YTHlarni kamaytirish uchun qavariq piyodalar oʻtish joyi qurishda 588 mln soʻm ajratiladi.

Buning uchun Mirzo Ulugʻbek tumaniga 28 mln soʻm, Yashnobod tumaniga 42 mln soʻm, Olmazor tumaniga 86 mln soʻm, Sergeli, Mirobod, Yunusobod va Shayhontohur tumanlariga esa 70 mln soʻmdan pul ajratiladi.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish hokimning birinchi oʻrinbosari B.Haydarov zimmasiga yuklangan.

Avvalroq Xorazmda ikki muzey uchun 10 mlrd soʻm ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid