platina.uz
Jamiyat

Samarqandda oʻquvchilar oʻrtasidagi janjalda bir kishi vafot etdi

Janjal ijtimoiy tarmoqdagi tortishuvdan kelib chiqqani aytilmoqda. 

Samarqandda oʻquvchilar oʻrtasidagi janjalda bir kishi vafot etdi

Samarqandda oʻquvchilarning oʻzaro janjali oʻlim bilan tugadi. Bu haqda "Millar" dasturida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida janjal kelib chiqqan.

Janjal tumandagi 1-maktabning 3 nafar oʻquvchisi va 12- maktabning 2 nafar oʻquvchisi oʻrtasida yuz bergan. Oqibatda oʻquvchilardan biri voqea joyida vafot etgan.

Oʻquvchilar oʻrtasidagi janjalga ijtimoiy tarmoqlardagi tortishuv sabab boʻlgan. Oʻquvchilar Instagram'dagi izohlar boʻlimida gap talashib, bir-birini haqoratlagan, deyiladi dasturda.

"Voqea joyiga borganimizda biologik oʻlim qayd etilgan edi. Bemorda koʻz qorachiqlarining maksimal kengayishi, yirik arterial va venalarda pulsning va yirik jarohatlarning yoʻqligi, boʻyin atrofida shikastlanish belgilari, ogʻiz hamda burun atrofida qon izlari aniqlangan",- deydi shifokor.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Voyaga yetmagan oʻquvchilar gumonlanuvchi shaxs sifatida ushlanib,ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid