Oʻzbekiston va Vengriya strategik sherik boʻldi
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban shu haqdagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladi.

Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, yetakchilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan:
- Ekstraditsiya toʻgʻrisidagi shartnoma;
- Iqlim oʻzgarishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
- tabiiy ofatlarni boshqarish;
- ilm-fan va innovatsiyalar;
- tinch atom sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi idoralararo kelishuvlar ham almashildi.