platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Bahrayn, Kuvayt va Oʻmon fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etmoqda

30 kungacha amal qiladigan vizasiz tartib 1 iyundan ishga tushiriladi.  

Oʻzbekiston Bahrayn, Kuvayt va Oʻmon fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etmoqda

2025 yil 1 iiyundan Bahrayn, Kuvayt va Oʻmon fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirishda vizasiz tartib amal qiladi.

“2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin koʻpaytirish va turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-87-son, 15.05.2025 y.) qabul qilindi.

2025 yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd AQSh dollariga yetkazish;

- ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qoʻshimcha 378 ta turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025 yil 1 iyundan Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati va Oʻmon Sultonligi fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.

2025 yildan har yili 30 noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.

2025 yildan har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.

2025 yil iyun oyidan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid