platina.uz
Jamiyat

Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari 24 may kuni oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tadbirlar taqiqlangani boʻyicha xabarlarni inkor etdi. 

Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari 24 may kuni oʻtkaziladi

Maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq bayrami 24 may kuni boʻlib oʻtadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mazkur xabarga izoh berdi.

Joriy oʻquv yilining oxirgi kuni 25 may, yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi sababli soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari 24 may – shanba kuni oʻtkazilishi belgilangan.

"Soʻnggi qoʻngʻiroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy boʻladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri oʻzgacha.

Vazirlik shuni maʼlum qiladiki, maktablarimizda soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlarini koʻtarinki kayfiyatda, tantanalar bilan oʻtkazish anʼanasi bu yil ham davom etadi", deyiladi vazirlik xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid