Rossiyaga vizasiz kirishda yangi tartib joriy etilmoqda
Oʻzbekiston fuqarolari ham "Gosuslugi RuID" ilovasi orqali oldindan roʻyxatdan oʻtishi va QR-kod olishi shart boʻladi.

Oʻzbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirishda yangi tartib joriy etilmoqda.
30 iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham "Gosuslugi RuID" mobil ilovasi orqali oldindan roʻyxatdan oʻtishi va QR-kod olishi shart boʻladi.
QR-kodni chegaradan oʻtishda taqdim etish talab etiladi.
Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.
Roʻyxatdan oʻtish uchun:
* shaxsiy kabinet yaratish;
* fotosurat va shaxsiy maʼlumotlarni yuklash;
* Rossiyada boʻlish muddatini koʻrsatish kerak.
Agar kelish zarurati toʻsatdan (masalan, ogʻir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo boʻlsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.
Quyidagilar roʻyxatdan oʻtishdan ozod qilinadi:
- Belarus fuqarolari;
- 6 yoshgacha boʻlgan bolalar;
-viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar.
6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy roʻyxatdan oʻtish kodi boʻlishi shart.