platina.uz
Jamiyat

Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yaqinda shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻrab chiqqan edi.

Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Namangan viloyatida bir kunda oʻtkazilgan reydlarda 2 mingdan ortiq qoidabuzarliklarni aniqlagan.

YHXX matbuot xizmati xabariga koʻra, 24 soat ichida 2000 dan ortiq yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzish holatlari qayd etilib, 756 ta mashina jarima maydoniga qoʻyilgan.

394 ta holatda tegishli hujjatsiz avtomashina boshqarish, 45 ta holatda voyaga yetmaganlarga transport vositasini noqonuniy ijaraga berish, 131 ta holatda svetoforning qizil chirogʻida harakatlanish qayd etilgan.

Eslatib oʻtish kerak, Namangan shahar hokimi Anvar Otaxoʻjayev 12 aprel kuni Namangan viloyati IIB YHXB boshligʻi Mansur Gaziyevga xat yozib, hududdagi qoidaga zid oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻragan. Xatda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan kameralarning “jarima yozishi” norozilik kayfiyati ortishiga sabab boʻlayotgani koʻrsatilgan.

Oʻz navbatida Namangan viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Namangan shahar va yana bir qator tuman hokimliklariga tegishli mashinalar qayd etgan qoidabuzarliklar va ulardan tushgan jarimalarni undirishda yordam soʻrab xat yozgan.

Shuningdek, YHXB xatida aytilishicha, shahar hokimligiga tegishli "Kaptiva" mashinasi oʻtgan va joriy yilda 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan, 11 ta holatda salkam 8,2 mln soʻm muddati oʻtgan jarimasi borligi eslatilgan. Hokimlikning boshqa mashinalari esa jami 41 ta qoidabuzarlik boʻyicha 18,7 mln soʻmdan ortiq jarimalarni toʻlamagan.

Davlatobod va Yangi Namangan tumani hokimliklariga tegishli avtoulovlar jami 46 ta qoidabuzarlik uchun 16,3 mln soʻmdan ziyod jarimalarni toʻlamay kelayotgani yozilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid