platina.uz
Jahon

Durov Gʻarbiy Yevropa davlatlaridan biri saylovlarga aralashmoqchi boʻlganini aytdi

Nomi ochiqlanmagan davlat Ruminiyada boʻlib oʻtayotgan saylovlarda konservativ ovozlarni “oʻchirish” uchun Telegramga murojaat qilgan. 

Durov Gʻarbiy Yevropa davlatlaridan biri saylovlarga aralashmoqchi boʻlganini aytdi

Gʻarbiy Yevropa davlatlaridan birining hukumati Ruminiyada boʻlib oʻtgan saylovlarda konservativ ovozlarni “jim qilish” uchun Telegramga murojaat qilgan.

Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov maʼlum qildi.

Messenjer maʼmuriyati bunga rad javobini bergan.

Tadbirkor bu qaysi davlat ekanligini aniqlamadi, lekin postga baget non tasviri tushirilgan emodjini ilova qildi.

"Demokratiyani yoʻq qilish bilan "demokratiyani himoya qilish" mumkin emas. Saylovga aralashish orqali "saylov aralashuviga qarshi kurash" boʻlmaydi. Sizda soʻz erkinligi va adolatli saylovlar bor yoki yoʻq", deya yozgan Durov.

Bugun Ruminiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi boʻlib oʻtmoqda. Birinchi turda konservativ nomzod Jorji Simone yetakchilik qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid