platina.uz
Jamiyat

"Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi hisobchisiga hukm oʻqildi

U rahbar va xodimlarga asossiz ravishda ustamalar yozib, salkam 400 mln soʻmni talon-toroj qilgan. 

"Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi hisobchisiga hukm oʻqildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Arnasoy tuman sudining ochiq sayyor sud majlisida sobiq hisobchiga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, S.Ya. Arnasoy tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelgan. U mansabdor shaxs boʻla turib, noqonuniy ravishda muassasa xodimlariga ustama yozib, jami 392.041.900 soʻm juda koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Sudlanuvchi S.Ya. sudda aybiga toʻliq iqrorlik bildirgan. S.Ya. sudda oʻz qilmishiga toʻliq iqrorlik bildirib bergan koʻrsatuvidan tashqari, uning aybi guvohlar koʻrsatmalari va boshqa dalillar bilan isbotini topdi.

Yakuniy hukmga koʻra, sudlanuvchi S.Ya. JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Ish boʻyicha yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid