platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda turli xarajatlar uchun salkam 22 mlrd soʻm pul ajratildi

Viloyatda bayram tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish uchun LED ekran sotib olish uchun 5 mlrd 334 mln beriladi. 

Sirdaryoda turli xarajatlar uchun salkam 22 mlrd soʻm pul ajratildi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi qarori bilan viloyat mahalliy byudjetining I chorak daromadlarini rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 21 mlrd 828 mln soʻm pul ajratildi. Qaror 2025 yil 16 may kuni imzolangan.

Qaror ilovasida mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan. Jumladan, qarovsiz hayvonlarni saqlash uchun priyut qurish xarajatlari uchun 700 mln soʻm, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 500 mln soʻm, xalqaro PISA dasturida qatnashishni rejalashtirgan oʻquv muassasalarini jihozlash uchun 126 mln soʻm, Guliston tumanidagi yoshlar markazi binosiga 500 mln soʻm, Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasiga maxsus texnikalar xarid qilish uchun 4,5 mlrd soʻm beriladi.

Bundan tashqari, viloyatda bayram tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish uchun LED ekran sotib olish uchun 5 mlrd 334 mln, viloyatga keluvchi mehmonlar va boshqa xizmat avtomobillari uchun avtoturargoh qurish uchun 3,3 mlrd soʻm, viloyat tibbiyot muassasalarini jihozlashga 2,5 mlrd soʻm beriladi.

Sirdaryo viloyatida "Xavfsiz shahar" loyihasini amalga oshirish uchun esa 2 mlrd soʻm ajratiladi.

Avvalroq Xorazmda byudjetdan katta mablagʻ ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid