platina.uz
Jamiyat

Yoʻl chiziqlarini bosish radarlar tomonidan qayd etilmaydi

Biroq holat YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Yoʻl chiziqlarini bosish radarlar tomonidan qayd etilmaydi

Prezidentimiz topshirigʻiga asosan aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, avtomobil yoʻllarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, joriy yil 1 iyundan boshlab yoʻl chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Toʻxtash chizigʻi – "stop-liniya" (5.33 yoʻl belgisi) bundan mustasno.

Yaʼni, haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid