platina.uz
Jamiyat

Uzbekistan Airways iqtisodiy tariflar tizimini toʻliq yangiladi

Samarqand va vodiy viloyatlariga 249 ming soʻmdan, Qarshiga 278 ming soʻmdan boshlab parvoz qilish mumkin boʻladi. 

Uzbekistan Airways iqtisodiy tariflar tizimini toʻliq yangiladi

Uzbekistan Airways Oʻzbekiston aholisi uchun aviaparvozlar imkoniyatini oshirish maqsadida iqtisodiy klass tariflar tizimini toʻliq yangiladi.

Endilikda 10 ta avvalgi tarif darajasi oʻrniga soddalashtirilgan 4 ta tarif tizimi joriy etildi.

Maksimal tariflar pasaytirildi, bu esa quyidagi afzalliklarni beradi:

• Tarif narxlarini tanlash tushunarliroq va shaffofroq boʻladi;

• Minimal tariflar boʻyicha mavjud joylar soni oshiriladi;

• Koʻproq yoʻlovchilar arzon aviachiptalardan foydalanish imkoniga ega boʻladi.

Har bir tarifda ikki xil variant mavjud:

- qaytarilishi mumkin boʻlgan (bagaj bilan) va qaytarilmaydigan (bagajsiz) chiptalar.

Eng past chipta narxi oʻzgarishsiz qolgan, tariflar oraligʻi esa qulaylik, moslashuvchanlik va narx oʻrtasidagi balansni taʼminlash uchun optimallashtirilgan.

Yangi tarif tarmogʻi quyidagi yoʻnalishlarga nisbatan amal qiladi:

• Toshkent – Samarqand: 249 000 soʻmdan
• Toshkent – Namangan: 249 000 soʻmdan
• Toshkent – Fargʻona: 249 000 soʻmdan
• Toshkent – Qarshi: 278 000 soʻmdan
• Toshkent – Termiz: 424 000 soʻmdan
• Toshkent – Buxoro: 393 000 soʻmdan
• Toshkent – Urganch: 512 000 soʻmdan
• Toshkent – Nukus: 512 000 soʻmdan
• Buxoro – Urganch: 336 000 soʻmdan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid