platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga boradi

Oʻzbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni Budapeshtga tashrif buyuradi. 

Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22 may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 may kuni Budapeshtga keladi.

Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.

Kun tartibidan ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Mamlakatimiz rahbari 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni Lyublyana shahrida Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashadi, ushbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazadi, qoʻshma ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.

Oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, farmatsevtika, sanoat, oziq-ovqat va toʻqimachilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid