Qoʻqondagi korxonada ammiak sizib chiqishi sodir boʻldi
Oqibatda 7 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat qilgan.

Qoʻqondagi korxonada ammiak sizib chiqishi kuzatildi.
Bugun, 16 may kuni soat 20:30 da Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida joylashgan korxonalarning biriga temir yoʻl orqali olib kelingan ammiak kislotasi poyezd sisternasidan maxsus sisternaga boʻshatilayotgan vaqtda toʻkilishi kuzatilgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga tegishli xizmatlar kuch va vositalari jalb etilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra 7 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ahvollari yaxshi boʻlganligi bois uyiga ruxsat berilgan, deyiladi xabarda.