Endi shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham tan olinadi
Ularning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal va boshqa joylarda talab etilmaydi.

Endi shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi.
1 iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni soʻraydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.
Bu prezidentning “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.