platina.uz
Jamiyat

Buxoroda maxsus texnika piyodani bosib ketdi

Natijada 64 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan. 

Buxoroda maxsus texnika piyodani bosib ketdi
Videodan kadr.

Buxoroda maxsus texnika piyodani bosib ketdi, natijada u halok boʻldi.

2025 yilning 15 may kuni viloyat IIBga Tez tibbiy yordam shifokori tomonidan Buxoro shahar markaziy bozori oldida YTH sodir boʻlganligini bildirgan.

Olib borilgan kechiktirib boʻlmas surishtiruv harakatlari davomida, shu kuni H.I. ismli shaxs oʻz boshqaruvida boʻlgan ekskavatorni Ibn Sino koʻchasi boʻylab harakatlanib borayotgan vaqtida Buxoro shahar markaziy bozoridan chiqib yoʻlni kesib oʻtayotgan 1961 yilda tugʻilgan ayolni koʻrmay qolib bosib ketishi natijasida YTH sodir boʻlgan. Natijada ayol voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov yakuniga koʻra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanadi, deyiladi IIB xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid