platina.uz
Sport

"Barselona" muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi

Jamoa 36-turdagi gʻalabadan soʻng 85 ochko toʻplab, "Real"dan 7 ochkoga oʻzib ketdi. 

"Barselona" muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi

"Barselona" muddatidan avval chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Jamoa Ispaniya chempionatining 36-turidan oʻrin olgan safarda "Espanol"ni magʻlub etdi.

Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Gollarga Lamin Yamal va Fermin Lopes mualliflik qilishdi. Shu tariqa "Barselona" muddatidan avval La Liga gʻolibiga aylandi.

Klub jami 85 ochko jamgʻarib, 28 marta Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinda borayotgan “Real Madrid” hisobida 78 ochko bor. "Atletiko"da esa 70 ochko mavjud.

Bu Kataloniya jamoasining 28-chempionligi sanaladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid