Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralariga kim boshchilik qilishi aniq boʻldi
Putinning yordamchisi 2022 yilgi uchrashuvlarga ham rahbarlik qilgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralar uchun delegatsiya tarkibini tasdiqladi.
Muzokaralar guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Vladimir Medinskiy - prezident yordamchisi (delegatsiya rahbari);
- Mixail Galuzin - Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (delegatsiya aʼzosi);
- Igor Kostyukov - Bosh shtab Bosh boshqarmasi boshligʻi (delegatsiya aʼzosi);
- Aleksandr Fomin - mudofaa vaziri oʻrinbosari (delegatsiya aʼzosi).
Ukraina bilan muzokaralar uchun ekspertlar tarkibi:
- Aleksandr Zorin - Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi axborot boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari;
- Yelena Podobreevskaya — Rossiya prezidenti maʼmuriyati rahbarining gumanitar sohadagi davlat siyosati boʻyicha oʻrinbosari;
- Aleksey Polischuk - Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori;
- Viktor Shevsov — Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
Muzokaralar 15 may kuni Istanbulda oʻtishi kutilmoqda.
Ukraina tomonidan mudofaa vaziri Rustem Umerov, TIV rahbari Sibiga kabilar kelishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shaxsan Putin bilan uchrashish istagini bildirgandi.