platina.uz
Jamiyat

Prezident oʻquvchilarga avtomobil ijaraga berish avj olganini tanqid qildi

Bolalarga mashina berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi tayyorlanadi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazriligiga butun tizimi bilan “favqulodda toʻqson kunlik” tartibida ishlashga oʻtish topshirildi.

Prezident oʻquvchilarga avtomobil ijaraga berish avj olganini tanqid qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident maktab taʼlimi boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazmoqda.

Hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi.

Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolayapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.

“Biz maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida katta oʻzgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan koʻplab muammolar bor”,
- dedi davlatimiz rahbari.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazriligiga butun tizimi bilan “favqulodda toʻqson kunlik” tartibida ishlashga oʻtish topshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid