platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda "Garvardchilar maktabi" ochiladi

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi. 

Oʻzbekistonda "Garvardchilar maktabi" ochiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident yigʻilishida chetda oʻqiyotgan yoshlarning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani koʻrsatib oʻtildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi taʼlim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.

Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yoʻnaltirib, oliygoh tanlashga koʻmaklashib, maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻysak boʻldi, koʻrsatkichlarimiz karrasiga oshadi”,- dedi Prezident.

Davlat rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish boʻyicha katta farmon imzolaganini aytdi.

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumtaʼlim maktablariga biriktiriladi.

Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchini tanlab olib, AQShning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid