platina.uz
Jamiyat

Navoiyda bank mutaxassisi qoʻlga olindi

U oʻz otasi boshqarib kelayotgan yerning katta qismini 200 mln soʻm evaziga boshqaning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Navoiyda bank mutaxassisi qoʻlga olindi

Navoiyda bank xodimining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Xatirchi tumanidagi tijorat banklaridan birining mutaxassisi hozirda oʻz otasi boshqarib kelayotgan bogʻdorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikka tuman hokimining 2021 yildagi qarori bilan ijaraga berilgan 22,6 gektar yer maydonining 18,7 gektar qismini 200 mln soʻm evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbirda oʻtkazildi.

Unda bank mutaxassisi 190 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq DXX turli jinoyatlar haqida xabar bershi uchun Call-markazini ishga tushirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid