platina.uz
Sport

Akbar Joʻrayev mutlaq Osiyo chempioniga aylandi

U uchta yoʻnalishda oltin medallarni qoʻlga kiritdi. Sharofiddin Amriddinov esa kumush medallarga ega chiqdi. 

Akbar Joʻrayev mutlaq Osiyo chempioniga aylandi

Ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayev mutlaq Osiyo chempioniga aylandi.

Ogʻir atletika boʻyicha Xitoyda oʻtayotgan Osiyo chempionatining soʻngi bahslari Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

Erkaklar oʻrtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslar sportchilarning benefisiga aylandi.

Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Joʻrayev yana bir bor yuksak mahorat koʻrsatib, barcha yoʻnalishda eng katta koʻrsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu dasturda Joʻrayevdan keyingi natijani koʻrsatgan boshqa bir vakil Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.

Ushbu natijadan keyin Oʻzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi oʻringa koʻtarildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid