platina.uz
Siyosat

Yoshlar parlamentiga saylovlar yakunlandi

Deputatlik oʻrinlaridan 64 nafari OʻzLiDeP, 29 nafari “Milliy tiklanish”, 21 nafari “Adolat” SDP, 20 nafari XDP, 16 nafari Ekopartiyaga toʻgʻri keldi.

Yoshlar parlamentiga saylovlar yakunlandi

23-30 aprel kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibi uchun navbatdagi saylovlarning respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

20 mart-1 aprel kunlari siyosiy partiyalarda Yoshlar parlamentiga saylovlarning birinchi bosqichi barcha tuman va shaharlarda oʻtkazildi. Ushbu bosqichda respublika boʻyicha jami 9531 ta ariza kelib tushgan. Tuman (shahar) saralash bosqichi hakamlar hayʼatining xulosasiga koʻra, jami 2493 nafar ishtirokchi saylovning ikkinchi – hududiy bosqichida ishtirok etdi. Hududiy bosqichlardan esa jami 530 nafar ishtirokchi saylovning uchinchi – siyosiy partiyalar tomonidan respublika bosqichida qatnashdi.

Respublika bosqichi yakuniga koʻra, tavsiya etilgan 150 nafar nomzod roʻyxati Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasiga taqdim etildi. Yoshlar parlamenti aʼzolari siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasida egallagan deputatlik oʻrinlariga mutanosib ravishda quyidagicha oʻrinlarga ega boʻldi: 64 nafari OʻzLiDeP, 29 nafari “Milliy tiklanish”, 21 nafari “Adolat” SDP, 20 nafari XDP, 16 nafari Ekopartiyaga toʻgʻri keladi.

Yoshlar parlamentining yangi tarkibi yoshlar masalalarini hal etish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gʻoya va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish hamda ularni islohotlar jarayoniga faol jalb etishda tashabbuskor boʻlishi aytilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid