Toshkent viloyatida noyob tarixiy yodgorliklarga 342 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi
Piskent tumanida joylashgan, miloddan avvalgi V asrga oid boʻlgan "Mingtepa" yodgorligiga 231 mlrd soʻmlik zarar keltirilgan.

Toshkent viloyatida tarixiy yodgorliklarga katta zarar yetkazilgani aniqlandi.
Bosh prokuratura tomonidan Toshkent viloyatida madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Tekshirishda bir qator noyob arxeologiya yodgorliklariga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlandi.
Xususan, Oqqoʻrgʻon tumanida “Zokirtepa” (V – VII asrlar) yodgorligining 1400 m3 qismi terak ekish uchun qazilishi natijasida 44,6 mlrd;
-“Sanchtepa” yodgorligining 129 m3 qismi yoʻl ochish uchun tekislanib 2,2 mlrd;
-Parkent tumanida “Qoravultepa” yodgorligining 941 m3 qismi va “Yertepa” yodgorligining 23 m3 qismi buzilib, jami 16,4 mlrd;
-Piskent tumanida “Mingtepa” (mil. avv. V asr) yodgorligining 7000 m3 qismi buzilib, 231 mlrd;
-Ohangaron tumanida “Dumgalaktepa” (V - VI asrlar) yodgorligining 658 m3 qismi texnika yordamida qazilib 21 mlrd;
-Yuqorichirchiq tumanida “Xojakaytepa” (V - VII asrlar) yodgorligining 43 m3 qismi tekislanib 1,3 mlrd;
-Oʻrtachirchiq tumanida “Tuyaboʻgʻiztepa” yodgorligining 54 m3 qismi buzilib, 1,7 mlrd;
-Nurafshon shahrida “Chordaratepa” (III - VIII asrlar) yodgorligining 38 m3 qismi buzilib 1,2 mlrd. soʻm zarar yetkazilgan.
Jami 13 ta yodgorlikka 342 mlrd. soʻm zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.