platina.uz
Jamiyat

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi "layk" uchun javobgarlik bekor qilindi

Ushbu amaliyot 2018 yilda joriy etilgan va prezident Imomali Rahmon tomonidan tanqid qilingandi.  

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi "layk" uchun javobgarlik bekor qilindi

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi “layk”lar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi.

Tegishli qonunni mamlakat prezidenti Imomali Rahmon imzoladi.

2018 yilda Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layk va boshqa reaksiyalar uchun jinoiy jazo joriy etilgan edi. Oʻshanda respublikada “Terroristik jinoyatlarni sodir etishga ommaviy chaqiriqlar va (yoki) terrorchilik faoliyatini ommaviy oqlash toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirishlar qabul qilingan edi.

Xususan, qonun matniga "internetda" iborasi qoʻshildi.

2024 yilda prezident Rahmon ijtimoiy tarmoqlardagi “layk”lar uchun jinoiy ish qoʻzgʻatish amaliyotini, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar materiallaridan dalil sifatida foydalanishni tanqid qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AOKA tashabbusi bilag bloger, vayner, saytlar va telegram kanallar egalari uchun yangi tartib-qoidalar loyihasi ishlab chiqilgandi. U qator cheklovlarni nazarda tutadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid