platina.uz
Jamiyat

Sergeli tumanida omborxona yonib ketdi

Yongʻin deyarli 2,5 soatda oʻchirilgan. Jarayonga Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxoʻjayev boshchilik qilgan. 

Sergeli tumanida  omborxona yonib ketdi

Toshkent shahri Sergeli tumanida omborxona yondi. Yongʻin deyarli 2,5 soatda oʻchirildi.

Sergeli tumani Nilufar koʻchasida joylashgan omborxonada yongʻin sodir boʻlayotgani haqida shahar FVBga murojaat kelib tushgan.

Xabarga asosan, soat 11:05 da 12 ta ekipaj yongʻin joyiga yetib borgan va bartaraf etish ishlariga kirishgan. Yongʻin soat 12:15 da qurshab olindi va soat 13:31 da batamom oʻchirildi. Ushbu yongʻinni bartaraf etish ishlari Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxoʻjayev va vazirning birinchi oʻrinbosari S. Zuparovlar boshchiligida amalga oshirildi.

Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.

Yongʻinni keltirib chiqargan sabablar hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid