DXX Call-markazi ishga tushirildi
Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qoʻngʻiroq qilish mumkin.

DXX Call-markazi ishga tushdi.
“Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi.
Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qoʻngʻiroq qilish mumkin.
Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:
- Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga boʻlgan tajovuzlar haqida;
- Davlat chegarasini qoʻriqlanishi va himoya qilinishiga boʻladigan tahdidlar;
- Qurolli Kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga boʻladigan tahdidlar;
- terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy guruhlarga oid;
- qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;
- davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;
- milliy, etnik va diniy adovatni targʻib etish;
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.
Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasida belgilab qoʻyilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150-163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Qonunning 38-moddasiga asosan, mazkur qonunni buzganlik, xuddi shuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.