platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda havo harorati keskin koʻtarilishi kutilmoqda

Janubda va choʻl hududlarda 42-43 darajagacha issiq harorat kuzatiladi. 

Oʻzbekistonda havo harorati keskin koʻtarilishi kutilmoqda

Joriy yilning 14-16 may kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda "Oʻzgidromet" xabar berdi.

14 mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15-16 mayda Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 42-43 darajagacha koʻtariladi.

14-15 mayda shimolda va choʻl hududlarda, 16-17 mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

17 mayda ayrim joylarda baʼzida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid